Mental arifmetika — nima o’zi?

Savollarga javoblar:

1.Necha yoshdan shug’ullanishni boshlash kerak?

5–6 yoshdan mashg’ulotlar boshlansa, samaraliroqdir. Olimlarning fikricha 12 yoshgacha miya faoliyati intensive rivojlanishda bo’ladi. Вu davrda o’quvchilarda miyaning plastikligi kuzatiladi, bu esa, miya hujayralarining ortishi va ular orasida neyron bog’liqlik shakllanishiga olib keladi.  12 yoshdan keyin ham shug’ullansa bo’ladi, faqat rivojlanish sncha  sekinroq bo’ladi. 

  1. Maktabda matematikadan natijalar ko’tariladimi?

Nomi mental arifmetika bo’lgani bilan o’quv kursi o’zining asosiy maqsadi deb o’quvchilarga hisoblashni yoki matematik masalaning yechilish usullarini o’rgatish deb hisoblamaydi. Mental Arifmetika bo’yicha  kursning birinchi navbatdagi vazifasi miyani har tomonlama shakllantirishdir, shakllangan yoki rivojlangan miya  esa turli masalalarni yechishda muvaffaqiyatlarga erishadi bu esa maktabda  turli fanlarni samarali o’zlashtirishiga olib keladi. 

  1. Bu metodikani kattalar ham organsa bo’ladimi?

Hа, bu mumkin. Yevropa davlatlarida bu metodikadan Altsgeymer kasalligini oldini olish, qarilikda  yodda saqlash sustligini oldini olish maqsadida foydalaniladi. Bu dasturni miya uchun fitness mashqlari kabi qabul qilish mumkin. Kattalar ko’p va uzoq shug’ullanishlari kerak bo’ladi. Xuddi sportdagidek qancha avval boshlasa shuncha yuqori natijalarga erishiladi. 

  1. Guruhda qancha o’quvchi o’qiydi?

To’garak rahbari  10–12 oquvchi bilan ham samarali ishlay oladi, lekin 7- 10 o’quvchi dan oshmasligi kerak. 

  1. Mental arifmeika oddiy maktabgacha rivojlantirish dasturlaridan nimasi bilan farq qiladi?

Metodikaning o’ziga hosligi —miyaning ikki yarim sharlarining gormonik rivojlanishidir. Bir kunda 15–20 minut mashg’ulot kun davomida katta natija beradi. Rivojlangan miya  — keyinchalik muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning asosi: maktabda darslarni oson o’zlashtiradi, o’zlashtirish  samaradorligi ortadi, o’quvchi tobora mustaqill fikr yuritib xulosa chiqarishni o’rganadi. 

  1. Qancha vaqt o’qish kerak?

Har bir o’quvchi dasturni o’z tezligida o’zlashtiradi, metodikaning o’ziga hosligi shundaki — tenglashtirish, taqqoslashlar yo’q.  Hisobdagi qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallarini o’rganishga o’rtacha  2 — 2,5 yil kerak bo’ladi. Mashg’ulotlar haftada  1 marta  90 minutdan  bo’ladi, hamda har kuni 15 minutdan uy topshiriqlari bajariladi. 

  1. Mashg’ulotlarda yana nimalar bilan shug’ullaniladi?

O’quvchilar bir soat davomida faqat hisob kitob bilan shug’ullana olmaydilar, ular zerikadilar o’qish samaradorligi tushib ketmasligi uchun mashg’ulotlar rivojlantiruvchi o’yinlar, logik masalalar, fizkult daqiqalar bilan navbatma-navbat almashtiriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *