Aziz o’quvchilar! Maktabimizda eng kutilgan kunlar yaqinlashmoqda. Fanlar shohi Matematika oyligi boshlanmoqda. Tayyorgarlik ko’ring, fan oyligini juda qiziqarli o’tishiga hissangizni qo’shing.

Maktab foyesini bayramona bezatishda yordam bering. Devoriy gazetalar tanloviga xar bir sinfdan 1 tadan devoriy gazeta topshiring. Matematika va informatikaga bag’ishlangan sherlar, qo’shiqlar topib keling. 1- fevral kuni soat 8.00 da fan oyligi tantanali ravishda ochiladi.