Mental arifmetika

mental arifmetika
BOG’CHA BOLA

Oyisi bog’chaga yetaklab borib, ishiga ketayotganda Shukurjon yig’lab qoldi. Kichik gruppa tarbiyachisi Mo’tabaropa uni zo’rg’a ovutdi. Shkaflarga terib qo’yilgan o’yinchoqlarni, oppoq choyshablar toshalgan karavotlarni, arg’imchoq, innana va boshqa narsalarni ko’rsatdi.

Hikoya davomi BOGcha bola hikoya matni

hikoya kitob.uz saytidan olingan

KICHKINA USTOZ (10-01-2017)

Hali bormas maktabga
Olti yashar Gulora.
Enagalik qilar u
Ikki yashar Gulnorga.

KICHKINA USTOZ sh`er matni

05-01-2017

Abulqosim Firdavsiy hikmatlari

Yomonlikni aslo aylama odat,

Ozga qanoat qil, ochlikka toqat.

*   *   *

Baland saroy qurib qilgandan obod,

Yaxshidir bir g’arib dilin qilsang shod

ABULQOSIM FIRDAVSIY hikmatlari 2016 dekabr

15-11-2016:Pedagogning komil shaxsni shakllantirishdagi o’rni

Kimki jahon ahlida inson erur,

Bilki, nishoni anga iymon erur. Maqolani to`liq o`qishingiz uchun

maqola tanlang!

SHARQ RIVOYATLARI

 HASAD VA G’lYBAT

Bir shogird ustoziga shikoyat qildi:

— Falon kishi meni ko’rolmaydi — hasadning zo’ridan tars yorilib ketay deydi.

Ustozi bunga javoban dedi:

— Xo’sh, hasad-ku yomon ekan, lekin kim senga g’iybat yaxshi deb aytdi?! Boshqalarni yomonlagan kishi seni ham birovga yaxshi demaydi

SHARQ RIVOYATLARI

CHARXPALAK DUNYO

Qadim zamonlarda Sirdaryo sohilida bitta boy yashagan ekan. Bir kuni suv toshqini ro’y beradi. Boyning to’plab qo’ygan davlati ham, mol-qo’yi ham oqib ketadi. Boy suzishni bilardi. U bir iloj qilib, omon qoladi. Dir-dir titrab, qirg’oqqa chiqar ekan, tizzasigacha suvga botib turgan holda:

—Xudoyim, qolgan umrimni munosib o’tkazishim uchun imkon ber! — deb nola qiladi.

Uni kuzatib turgan havoyi yigitcha:

— Oqsoqol, yoshingiz yetmishdan oshib ketdi. Shu paytgacha yiqqan-terganingizdan ajraldingiz.Yanaqanday munosib umr haqida gapiryapsiz? — deydi piching aralash. So’ng otiga qamchi urib, qayoqqadir ketadi.

Oradan ancha yillar o’tadi. Bir yili qurg’oqchilik bo’­ladi. Piching qilgan o’sha navqiron yangi boy bitta bo’xcha bilan qoladi. Uning mol-qo’ylari qirilib ketadi, qarindoshlari ham ochlikdan o’ladilar. O’zi esa qornini to’ydirish uchun daydib yuradi. Och-yalang’och bechora Sirdaryo yoqalab daydib yursa, bir joydan chiqayotgan tutunga ko’zi tushib qoladi. O’sha tomon yo’l oladi va bitta o’tov qarshisidan chiqadi. Tovush beradi. Ayol eshikni ochib, uni uy to’riga o’tqazadi. Mehmonning ochligini ko’rib, unga ovqat beradi. Oshiq o’ynab o’tirgan bolakaylar sho’xlik qiladilar.

— Ovqatlanib oling, dam oling. Hademay xo’jayin ham kelib qoladi, — deb ayol uy yumushlari bilan ovora bo’ladi.

Birmuncha fursatdan so’ng o’tovga soqoli ko’ksiga tushgan chol kirib keladi. Ular bir-birini darhol taniydilar. Ovqatlanib bo’lgach, chol mehmonga yuzlanib:

— Sen meni kalaka qilib ketganingdan keyin men sohil bo’ylab yo’lga chiqdim va mana shu ovulga yetib keldim. Bu yerda hamdardlik bilan qabul qilishdi, ovqat, issiq kiyim berishdi, yordamlarini ayashmadi. Ushbu o’tovning sohibasi beva ekan. Biroz o’tgach, ikki yortidan bir butun bino qildik. Hozir mening hamma boyligim — anavi shumtakalar. Mol boqyapmiz. Tirikchilik bir navi o’tib turibdi. O’shanda men Xudodan shu narsalarni so’ragan edim. Niyatimga yetdim. Ollohdan ming bir marta roziman. Mana, umrimning qolganini munosib o’tkazyapman. Boylik qo’lning kiri, bugun bor bo’lsa, ertaga yo’q bo’ladi. Chirog’im, sen bir zamonlar juda qattiq adashding, endi iymon keltirdingmi, odamning xatosi sopqonday qaytib kelib boshiga tushadi.